Institutimizning Xalqaro reytinglar, akkreditatsiya va transformatsiya bo‘limi talabalar uchun stajirovka (ish tajribasi) o‘tash imkoniyatini e’lon qiladi!
Stajirovka davomida siz institutning xalqaro reytinglarda (QS, THE, UI GreenMetric) ishtiroki, ta’lim sifatini baholash tizimlari va akkreditatsiya jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz. Amaliy faoliyat orqali analitik fikrlash, tadqiqot ishlari va institutning rivojlanish strategiyalarini shakllantirishga hissa qo‘shasiz.
Stajyorlar bevosita xalqaro hamkorlik ko‘lamidagi reyting tizimlari, SDG (barqaror rivojlanish maqsadlari), ta’lim sifat ko‘rsatkichlari va transformatsiya jarayonlari bilan ishlash tajribasini orttirishlari mumkin.
Nomzodlarga quyidagi talablar:
▪️ Tashabbuskor, mas’uliyatli va tahlil qilishga qiziquvchan bo‘lish
▪️ Ijtimoiy faol, jamoada ishlay oladigan shaxs bo‘lish
▪️ Microsoft Office, Excel, Google Sheets va tahliliy ishlarni bajara olish qobiliyati
▪️ Rus va ingliz tillarini kamida o‘rta darajada bilish (CEFR B1 darajasiga teng)
Murojaat uchun telefon: +998 88 033 77 99
Bo‘lim boshlig‘i: Sh.Sheraliyev