“Umidli kimyogarlar – 2025” ilmiy-amaliy konferensiyasiga tezislar qabul qilinmoqda.
Talabalar tomonidan tayyorlangan tezislar 2025-yil 5-mayga qadar qabul qilinadi. Tezislar faqat bitta ilmiy rahbar va bitta talaba muallifligi asosida ko‘rib chiqiladi.
Tezislar ilmiy rahbar tomonidan tasdiqlangan holda, Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.N. Xodjayevaga topshirilishi shart.
Eslatma: Tezislar faqat ilmiy rahbarning rasmiy tasdig‘i bilan qabul qilinadi.
Axborot xati (https://tkti.uz/uz/events/detail/istiqbolli-kimyogarlad-midli-kimyogarlar-2025/)