Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti sizni “Thermo Fisher Scientific kompaniyasining elektron mikroskopiya sohasidagi istiqbolli ishlanmalari” mavzusidagi xalqaro ochiq seminarida ishtirok etishga taklif etadi

Sana: 2025-yil 20-noyabr

Joy: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Kimyoviy injiniring fakulteti

(Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 41)

Vaqt: 09:00 – 16:50

Seminar dasturida:

Thermo Fisher Scientific, MN Labtech va Toshkent kimyo-texnologiya instituti mutaxassislarining ma’ruzalari;

Ilmiy va amaliy tajribalar taqdimoti;

Zamonaviy SEM Phenom XL va TEM Talos F200i uskunalarida namoyish sessiyalari;

Savol-javoblar va ishtirokchilarga sertifikatlar topshirilishi rejalashtirilgan.

Ishtirok etish bepul, ammo oldindan onlayn ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.