Joriy yilning 19-sentabr sanasida Talabalar bilan uchrashish va stipendiya dasturi tanlovlari haqida to'liq ma'lumot berish hamda "Eng fidoiy ustoz-2" dasturi to'g'risida ma'lumot almashish maqsadida zavodning bir guruh mutaxassislari Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tashrif buyuradi.
Uchrashuv institutimizning Yoqilg'i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti faollar zalida soat 16:00da bo'lib o'tadi. Ishtirok etmoqchi bo'lganlar tashrif buyurishlari mumkin.