Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun davlat grantlari e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi F–43-son farmoyishi “Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi.
Quyidagi yo‘nalishlarda Grantlar taqdim etadi:o‘zbek tili va adabiyoti,tarix,madaniyat,san’at va hunarmandchilik.
Tanlovlarda ishtirok etish uchun quyidagi talablar belgilanadi:
shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobo-momosi:
etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi; O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi; xorijiy fuqaro sifatida yuqorida qayd etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi; 30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;o‘zbek tilini bilishi lozim.
Mazkur davlat grantlariga talabgorlarning arizalari 2025-yil 10-oktabrga qadar qabul qilinadi.
Batafsil ma'lumot olish uchun:
Telefon: +998 71-244-79-34
Telegram: @TKTI_registrator_ofisibot