Ijtimoiy tarmoqlar

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “ECAMPUZ – O‘zbekiston olimlari uchun oziq-ovqat fanlari va texnologiyalari bo‘yicha Yevropa jahon iste’dodlar lageri – ERASMUS-EDU-2022-CBHE” loyihasi doirasida “CAMP 2 treningi ishtirokchilari bilan takroriy uchrashuvlar” 2024 yil 14-15 oktabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida tashkil etiladi.

Kopengagen universiteti (Daniya) va Ekstremadura universiteti (Ispaniya) trenerlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti, O'zbekiston Milliy universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Andijon davlat universiteti va Urganch davlat universiteti dan ishtirok etgan CAMP 2 trening ishtirokchilari bilan qo'shimcha ilmiy seminarlar va muhokama sessiyalari o'tkazadilar.

📍 Toshkent kimyo-texnologiya instituti

⬇️ Navoiy ko'chasi, 32, Toshkent, O‘zbekiston

🔜 2024-yil 14-15-oktabr

⭐️ O'tkazilish tili: ingliz tili