Ijtimoiy tarmoqlar

“Yilning eng faol yosh kimyogari”

“Yilning eng faol yosh kimyogari”

Tanlov ishtirokchisi tashkiliy qo‘mitaga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:

- ishtirokchining ish faoliyatiga oid va erishgan yutuqlarini aks ettiruvchi, tegishli tashkilot rahbari tomonidan imzolangan tavsifiy tavsiyanoma;  

- ma’lumotnoma; 

- pasport nusxasi; 

- 2 ta (3,5x4,5) oq fondagi rangli fotosurat (elektron nusxasi bilan birga); 

o‘z mehnat faoliyatida erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi va aks ettiruvchi hujjatlar; 

- mutaxassisning manzili, uy va ish telefon raqamlari; 

Qo‘shimcha ravishda, ijodiy, badiiy va ilmiy ishlarining nusxalari, yangi ishlanma va loyihalari, loyihani tatbiq qilish mexanizmi va uning samaradorligi haqida ma’lumotlar, ommaviy axborot vositalarida o‘z sohasiga oid mavzularda chop etilgan maqolalari, ijtimoiy-siyosiy faolligi, ma’naviy yetukligi, jamoat ishlarida faol ishtiroki to‘g‘risidagi tavsiyalar taqdim etilishi mumkin.

35 yoshgacha bo'lgan talabgorlar qatnashishlari mumkin bo'ladi.

Xujjatlar elektron va papka shaklida “Iqtidorli talablar bilan ishlash” bo‘limiga taqdim etiladi.