Ijtimoiy tarmoqlar

"Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti

Shayxontohur tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar boʻlimi "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofotiga tumandagi iqtidorli, yuqori salohiyatli, mustaqil fikrlovchi, kreativ va rivojlangan tashabbuslarni ilgari suruvchi, oʻz yoʻnalishi boʻyicha chuqur bilimlarga ega, el-yurt manfaatini ustuvor qoʻya oladigan, vatanparvar, maʻnaviy yetuk, xulq-odobi bilan ibrat boʻla oladigan xotin-qizlarni saralash boʻyicha tuman bosqichi boshlanganini eʻlon qiladi.

Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan iqtidorli xotin-qizlar 7 ta yoʻnalish (Adabiyot, sanʻat, fan, taʻlim, madaniyat, sport va Jamoatchilik) boʻyicha ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar ariza va kerakli hujjatlar bilan Shayxontohur tumani hokimligi, Oila va xotin qizlar boʻlimiga murojaat qilishlari mumkin.

Hujjatlar joriy yilning 27-oktabr sanasiga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon: +998 71 241-21-74.