FIZIKA-MATEMATIKA FANLARI DOKTORI, PROFESSOR SAFAROV ISMOIL IBROHIMOVICH TAVALLUDINING 70 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN “MEXANIKA VA MATEMATIKANING AMALIY MUAMMOLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

Konferensiya

Hurmatli hamkasblar!

Sizlarni Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2024-yil, 17-18-may kunlari Fizika- matematika fanlari doktori, professor Safarov Ismoil Ibrohimovich tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “Mexanika va matematikaning amaliy muammolari” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishga taklif etamiz

Tashkiliy qo‘mita Usmonov Botir Shukurullayevich - t.f.d., professor - rais Pulatov Xayrulla Lutpullayevich - k.f.d., professor - rais muovini Safarov Toyir Tursunovich - t.f.d., professor Jalilov Sherzod Qahramonovich-i.f.d., dotsent Safarov Ismoil Ibrohimovich - f.m.f.d., professor Mirsaidov M.M. -f.m.f.d., akademik Mardonov B.M. - f.m.f.d., professor Mavlonov T.M. - t.f.d., professor Mirzayev I. - f.m.f.d., professor Axmedov A.B. - f.m.f.d., professor Abdusattorov A. - f.m.f.d., professor Sultonov K.S. - f.m.f.d., professor Teshayev M.X. - f.m.f.d., dotsent Boltayev Z.I. - f.m.f.d., dotsent Karimov I.M. - f.m.f.n., dotsent Kuldoshov N.U. - f.m.f.n., dotsent Nuriddinov B.Z. - kafedra mudiri, PhD Ibragimov F. - kafedra mudiri, PhD Muxitdinov R.T. -f.m.f.n., dotsent Abloqulov Sh.Z. - PhD, konferensiya ilmiy kotibi Qilichov O.Sh. - PhD, katta o‘qituvchi Ro‘zimov A.Sh. - PhD, katta o‘qituvchi Eliboyev N.R. -katta o‘qituvchi Choriyev M. - assistent Umirov Sh. - assistent

Ilmiy dastur

Fizika-matematika fanlari doktori, professor Safarov Ismoil Ibrohimovich tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “Mexanika va matematikaning amaliy muammolari” respublika konferensiyasi istiqbolli yo‘nalishlarda olib borilayotgan tadqiqotlar va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ishlaming hozirgi holatini ko'rib chiqishga imkon beradi:

1. Mexanika, matematika va fizikaning fundamental muammolari;

2. Tabiiy fanlarni o‘qitishda dasturlash taminotidan foydalanish;

3. Tabiiy fanlarni o‘qitishda xorij tajribalaridan foydalanish;

4. Tabiiy fanlarni o‘qitishda ilg‘or pedogogik texnologiyalardan foydalanish muammolari;

5. Texnologik jarayonlarni o‘rganishda matematik modellashtirishdan foydalanish muammolari.

Konferensiya dasturida yetakchi mutaxassislaming 4 ta yalpi majlis ma’ruzalari (15 daqiqadan), sho'balar ma'ruzalari (10 daqiqa) va devoriy ma'ruzalar. Konferensiya ishtirokchilarining taqdimotlari offlayn va onlayn rejimlarida taqdim etiladi.

Konferensiyada Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan mutaxassislar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Konferensiya ishtirokchilari o‘zlarining ishlarini namoyish etish va muhokama qilish, boshqa mamlakatlardagi rivojlangan ilmiy tadqiqotlaming istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash va o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish uchun imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus va ingliz.

Ishtirokchilarni ro‘yxatdan о‘tkazish va materiallarni chop etish

Konferensiya to‘plamiga xalqaro standart raqami (ISBN) beriladi.

Barcha ma’ruzalar tezislari to‘liq 2-4 bet, shu jumladan adabiyotlar ro‘yxati, A4 formati, jumladan formulalar, rasmlar va grafikalar. Raqamlar va formulalar MS Word da guruhlangan va tahrirlangan bo‘lishi kerak. To‘rt tomonning chekkalari - 2 sm, satrlar oralig‘i 1,0, shrift o‘lchami -12. Shrift turi: Times New Roman, Sarlavha markazda katta harflar bilan, so‘ngra quyidagi satr: kichik harflarda mualliflarni familiyalari, ism-shariflarini bosh harflari; keyingi satr: tashkilot nomi, shahar, mamlakat, aloqa telefon raqami, maqola matni 1 oraliqda.

Etibor bering: tezislar 2024-yil 1-maygacha telegram yoki elektron pochta orqali qabul qilinadi.

Tashkiliy badal

Konferensiya ishtirokchilarining har bir ma’ruzasi uchun tashkiliy badal -100 000 so‘mni tashkil qiladi.

Maqola va tezislar qabul qilingandan so‘ng, to‘lov uchun kvitansiyalar maqola egasi nomi ko‘rsatilgan xolda yuborilishi shart.

Bizning rekvizitlarimiz

Plastik karta raqami - 8600 4929 3075 3765 Sherzodjon Abloqulov

  • Konferensiya
  • 17-May, 2024-yil 14:01
  • Toshkent kimyo-texnologiya instituti
  • +998 93 189 18 93
  • +998 93 189 18 93