Toshkent kimyo-texnologiya instituti sizni 2025-yilning 12-13-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Xalqaro ilmiy haftalikda ishtirok etishga taklif qiladi. Tadbirda ayollarning fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM)dagi roli muhokama qilinadi. Dastur yetakchi olimlar va texnologiya mutaxassislarining ma’ruzalari, panel muhokamalari va mahorat darslarini o‘z ichiga oladi.
“Women in STEM” festivali doirasida Toshkent instituti yosh olimlari va talabalari ishtirokida “Ayollar va qizlarning STEMda ishtiroki: yutuq va muammolar” ilmiy forumi, davra suhbatlari va o‘quv seminarlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. STEM kurslarini o‘rganishga qiziqqan o‘rta va kasb-hunar ta’limi o‘quvchilari ishtirokida “Kelajak STEM yulduzlari” Kimyoviy texnologiyasi.
Yo'nalishlar:
1-sho’ba. “Yashil gorizontlar: fanda innovatsiyalar va barqaror rivojlanish” (kimyo va kimyoviy texnologiya, oziq-ovqat texnologiyasi va xavfsizligi, biotexnologiya, neft va gazni qayta ishlash, energetika, astronomiya, geologiya, matematika, fizika, informatika, robototexnika va IT, texnika).
2-sho’ba. “Nexus Impact: mas’uliyatli dunyoqarashni shakllantirish” (tarix, sotsiologiya, siyosatshunoslik, falsafa, iqtisod, pedagogika).
3-sho’ba. “Muhandis ayollar: porloq kelajakni loyihalash” (ayollarning texnika va texnologiya, ta’lim, pedagogika, psixologiya, falsafa rivojiga qo‘shgan hissasi).
Sanalar: 2025 yil 12-13 fevral.
Format: gibrid (oflayn/onlayn*)
O‘tkazilish joyi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Roʻyxatdan oʻtish (shartli): festival ishtirokchilari 01.02.2025 yilgacha havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari kerak: https://forms.gle/o3cNauJkc3q2ogJZ7
Ma’ruza matnlarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:
Tezis matni (1 yoki 2 to‘liq bet) konferensiya kotibiga elektron shaklda yuborilishi kerak: tkti.conference@gmail.com.
Tezislar yuborilish muddati: 2025-yil 4-fevralgacha.
Forum ish tillari: Tezislar o'zbek, ingliz, rus tillarida qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon: +998-71244-79-21
Batafsil ma'lumotni, jumladan konferentsiya dasturi, ariza berish bo'yicha ko'rsatmalar va ro'yxatdan o'tish ma'lumotlarini rasmiy konferentsiya veb-saytimizdan topishingiz mumkin.
Forum badal to'lovi:
250 000 so‘m (O‘zbekiston fuqarolari uchun); 150 000 (TKTI mualliflari);
20 AQSH dollari (xorijiy ishtirokchilar uchun).
Hisob raqami: 400110860262777094100350003 (Payme tizimida - To'lov - Оплата в бюджет; malumotlarga - FISH (to'liq), Women in stem).
Muhim tadbirning bir qismi bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!