Joriy yilning 21–23-may kunlari Toshkent shahridagi “Zakovat” arenasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “O‘zmilliybank” AJ hamkorligida yirik ish beruvchi korxonalar ishtirokida “TalabaExpo-2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Toshkent shahridagi Toshkent kimyo-texnologiya institutining bitiruvchi talabalarini 22-may kuni ko‘rgazmada faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Ko‘rgazma davomida:
“O‘zmilliybank” va “Aloqabank” bank mahsulotlari taqdimotlari;
Startaplar va innovatsion loyihalar bilan tanishuv;
Ish beruvchilar bilan bevosita muloqot va interaktiv dasturlar;
Ilm-fan va biznes sohasidagi yetakchi mutaxassislar bilan uchrashuv;
“Biznes marafon” loyihasi;
Gala-konsert dasturlari tashkil etiladi.
Sana va vaqti: 2025-yil 21-may, 9:00
Manzil: Toshkent shahri, “Zakovat” arena.