«UMIDLI KIMYOGARLAR-2024»

Konferensiya

XXXIII yosh olimlarining respublika ilmiy-texnikaviy konferensiyasi

2024-yil 24-25-aprel kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida bo'lib o‘tadigan "Umidli

kimyogarlar-2024" yosh olimlarning XXXIII ilmiy-texnik konferentsiyasida ishtirok etishga taklif etamiz. Konferentsiya yosh olimlar, tadqiqotchilar, bakalavriat va magistrantlarning ilmiy izlanishlari natijalarini muhokama qilishga bag'ishlangan.

Anjumanda 40 yoshgacha bo'lgan yosh olimlar, shuningdek, ilmiy rahbarlari bilan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Anjumanda ma‘ruzalar quyidagi sho‘balar bo‘yicha o‘tkaziladi:

1.    Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi.

2.    Organik moddalar va yuqori molekulyar birikmalar texnologiyalari.

3.    Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyalari

4.    Xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi

5.    Kimyoviy texnologiyada kompyuter uslublari va fundamental fanlar.

6.    Ta‘limda innovatsiyalar, sanoat iqtisodiyoti va menejmenti, ijtimoiy-gumanitar fanlar.

7.    Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, biotexnologiya va hayotiy faoliyat xavfsizligi

8.    Shahrisabz filiali sho‘basi

9.    Yangiyer filiali sho‘basi

 Ma‘ruza matnlarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar.

Konferentsiya uchun materiallar 2024-yil 1-aprelgacha yuborilishi kerak. Maqola hajmi formulalar, rasmlar va grafikalarni o'z ichiga olgan A4 formatidagi 1-2 ta to'liq sahifadan iborat. Raqamlar va formulalar birlashtirilgan bo'lishi kerak. To‘rt tomonning chekkalari - 20 mm, interval 1 sm, abzats – 1 sm, shrift – 12 pt. Times New Roman, WORD 97-2003 matn muharriri elektron versiyasida bo'lishi lozim. Mualliflar soni 5 ta gacha, Adabiyotlar soni 5 tagacha.

Konferentsiya tillari: o‘zbek, rus, ingliz. Ingliz tilidagi maqolalar rus yoki o'zbek tillariga tarjimasi bilan topshiriladi. Maqola sarlavhasi katta harflar bilan, o‘rtaga joylashtirilgan, kichik harflarda mualliflarning familiyalari,  ismi shariflarining bosh harflari, lavozimi yoziladi; talabalar uchun guruh raqami, quyidagi satr: tashkilot nomi (institut, kafedra), aloqa telefon raqami, 1 intervaldan keyin maqola matni.

OO'MTV ning 205-sonli buyrug‘iga binoan adabiyotlarga havolalar xalqaro Scopus, Web of Science, Springer, РИНЦ va boshqa xalqaro ma'lumotlar bazalariga kiritilgan jurnallarning manbalarini o‘z ichiga olishi kerak.

Ma‘ruzada yangi ilmiy-tadqiqot ishlarning natijalari aks ettirilishi shart. Referativ tarzdagi maqolalar qabul qilinmaydi.

Anjuman materiallari elektron shaklida nashr etilishi rejalashtirilgan. Barcha ishtirokchilarga elektron sertifikat taqdim etiladi.

Nashr TКTI va TKTI filiallari hodimlari va talabalari uchun bepul. Boshqa muassasalar uchun

1 ta maqola uchun to‘lov narxi 100 000 so‘m.

To‘lov: 8600 1309 8402 4457 karta raqamiga amalga oshiriladi. To'lov topshirig'iga muallifning familiyasi va «Umidli-2024 konf. uchun to'lov".

KORRESPONDENSIYANI

Toshkent sh., Navoiy ko’chasi., 32. TKTI, ITITFTE bo‘limi;  Maqolalarni: @nnigmanovna (https://t.me/nnigmanovna) telegram raqamiga yuborishingiz va qo‘shimcha ma‘lumot olish uchun +99899 845-66-10 Nargiza Xodjayevaga murojaat qilishingiz mumkun.

  • Konferensiya
  • 24-Aprel, 2024-yil 13:03
  • Toshkent kimyo-texnologiya instituti
  • +99899 845-66-10
  • +99893 444 333 222