Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonov hamda Xalqaro hamkorlik va protokol bo‘limi boshlig‘i S. Saidaxmadov Varshavada O‘zbekiston va Polsha rektorlarining II forumida ishtirok etmoqda
Ayni paytda Polshaning poytaxti Varshava shahridagi nufuzli Varshava universitetida O‘zbekiston va Polsha oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli tadbirda ikki davlatning oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasiga mas’ul vazirlik va idoralari, shuningdek, yetakchi universitetlarining 80 dan ortiq vakillari ishtirok etmoqda.
Forum ishiga O‘zbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamda Polsha fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Andjey Sheptitskiy kirish so‘zlari bilan ochib berdi.
Ushbu rektorlar forumida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukullayevich Sho'bada moderatorlik qildi. Ular o‘z nutqlarida ikki mamlakat o‘rtasidagi oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib borayotganini ta’kidlab, bugungi forum aynan bu yo‘nalishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini qayd etishdi.
Forum davomida akademik almashinuv va qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, ikki diplomli dasturlar hamda talaba-o‘qituvchilar almashinuvi, stajirovkalar va yozgi maktablar tashkil etish, shuningdek, Polshaning yerik kompaniyalarida o‘zbekistonlik talabalarning pul to‘lanadigan amaliyotga jalb qilish hamda Erasmus+, Horizon Europe kabi xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.