Kimyoviy injiniring fakultetida O‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning qobiliyatini aniqlash, ularning kimyo faniga bo‘lgan ishtiyoqi va intellektual qobiliyatini oshirish, sog‘lom raqobatni shakllantirish, ularni ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatga jalb etish, shuningdek, iqtidorli yoshlarni aniqlash, o‘rta ta’lim, litseylar, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va sanoat korxonalari yuqori malakali kadrlar tayyorlash sohasida akademik o‘quvchilarning o‘zaro yaqin hamkorligini ta’minlash maqsadida “Yosh kimyogarlar tanlovi” – kimyo fan olimpiadasi o‘tkazildi.
Ochilish marosimida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Akademik faoliyat bo'yichaprorektor t.f.d, professor T.T.Safarov kirish soʻzi bilan ochib berib, barcha ishtirokchilarga va hamkor tashkilotlarga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.
"Kimyo” kafedrasi kafedrasi mudiri texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent A.A.Nabiyev ishtirokchilarga olimpiada tartib qoidalari, masala va laboratoriya ishini bajarish uchun ajratilgan vaqt haqida batafsil toʻxtalib o'tdi.
“Yosh kimyogarlar tanlovi” – Kimyo fan olimpiadasi jarayonlari 46 nafar oʻquvchilar ishtirok etdi. “Yosh kimyogarlar tanlovi” – Kimyo fan olimpiadasining ishtirokchilariga tanaffus davomida institut tarixi, yoʻnalishlar, imtihon jarayonlari tushuntirildi.
“Yosh kimyogarlar tanlovi” – Kimyo fan olimpiadasi yakunida olimpiada g'oliblari diplom va sovg`lar bilan taqdirlandi:
1o‘rin - Axmadov Islomjon Baxtiyorovich (Toshkent shahri Yunusobod tumani 239-maktab)
2o‘rin - Qayumov Nig‘matjon Jamshid o‘g‘li (Toshkent shahri Yashnobod tumani 30-maktab)
3 o‘rin - Umarova Nozima Xamza qizi (Toshkent shahri TKTI akademik litseyi)