Ijtimoiy tarmoqlar

1-may – Favvoralar kuni

 1-may – Favvoralar kuni

Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari 1-may – Favvora kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi mashhur favvoralarni aylanish maqsadida sayohat uyushtirishdi. Talabalar ushbu kunni ko‘tarinki kayfiyatda, do‘stona muhitda o‘tkazishdi.

Tadbir talabalarning estetik didini shakllantirish, shaharning tarixiy va madaniy obidalariga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.

Bayramona ruh, chiroyli suratlar va unutilmas taassurotlar bilan yakunlangan ushbu tadbir institut jamoasi hayotida yana bir ijobiy sahifa bo‘ldi.