Aziz ustoz va murabbiylar,
Hurmatli professor-o‘qituvchilar!
Bugungi kunda institutimizda yoshlarga ta’lim berib, sadoqat va fidoiylik ila faoliyat yuritayotgan barcha pedagog-xodimlarni “1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘zim va institut rahbaryati nomidan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Xalqimizda «Har ishning bir ustasi bor, har ustaning bir ustozi» degan purmaьno maqol bejizga tez-tez tilga olinmaydi. Albatta, dunyo yaralibdi-ki, azaldan odamzod bir-biriga ustoz va shogird bo‘lib kelmoqda. Jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-ma'rifiy va ma'naviy salohiyati taьlim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Ta'lim-tarbiya tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchi va murabbiylarga bog‘liq. Ta'kidlash joizki, inson uchun hayoti davomida odob-axloq va kasb-hunar o‘rgatadigan, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan misoli bir chiroq, ustozning borligi juda ham muhim.
Bugungi kunda oliy ta’lim tizimini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish, oliygohlarimizni ta’lim va ilm-fanning yirik markazlariga aylantirish bo‘yicha boshlangan katta ishlarimiz jadal davom etmoqda.
Biz bugun zamonaviy bilim va kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallab, katta umid va ishonch bilan hayotga qadam qo‘yayotgan, ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan ming-minglab farzandlarimiz kamolida o‘qituvchi va murabbiylarimizning beqiyos hissasi borligini yaxshi bilamiz va sizlarning bu ulug‘ xizmatingizni yuksak qadrlaymiz.
Biz o‘ylaymizki, siz mehnatkash ustozlar bundan keyin ham bundanda yuqori pog‘onalarni zabt etishlaringizga va vatanimiz ravnaqi uchun munosib shogirdlarni yetishtirib chiqarishlaringizga ishonamiz. Sizdek mehnatkash, fidoyi ustozlar borligidan faxrlanamiz.
Muhtaram ustozlar!
Aziz professor-o‘qituvchilar!
Fursatdan foydalanib, yana bir karra "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan, siz azizlarni chin qalbimdan samimiy tabriklayman! Sizlarga oilaviy baxt, tinchlik, xotirjamlik, sihatlik-salomatlik tilayman!