Ijtimoiy tarmoqlar

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan shaxmat bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan shaxmat bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.

2025-yilning 30-may sanasida O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi Yangi avlod qoshidagi SmartChess klubi bilan hamkorlikda 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan shaxmat bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Respublikasi sport vazirligi ommaviy sportni rivojlantirish bo'lim boshligʻi Sherzod Olimov, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi boshlig'i, Polkovnik Otabek Kozakov, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor Usmonov Botir Shukurillayevich, SmartChess klubi rahbari, institutimiz faxriy bitiruvchisi Izzatbek Xidirov va boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.

Musobaqada 5 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar Shaxmat bo'yicha o'zaro bellashdilar. Musobaqa yakunida institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich so'zga chiqib barcha ishtirokchilarga tabrik so'zini yo'llab, kelgusida jahon miqyosida ham yuqori natijalar qayd etishlarini tiladilar.

 Musobaqa yakuniy natijalari bo'yicha faxriy o'rinlarni qo'lga kiritigan yoshlarga esdalik sovg'alari hamda kubok tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevichga O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasining olib borayotgan samarali amaliy hamkorligi, yoshlar sportini qo'llab-quvvatlash hamda rivojlantirish, yurtimizda sog'lom turmush tarzini yuksaltirishga qo'shayotgan xissasi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.