Ijtimoiy tarmoqlar

10 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Neft va gaz texnologiyalari fakulteti faollar zalida dekan,dekan o’rinbosari hamda fakultet tyutorlari va talabalar bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 32 yilligiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.

Bugun xalqimizning mangu qoʻshigʻi — madhiyamiz yaralgan kun. Madhiya — milliy gʻururimiz, istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoli. Mustaqillik va birdamligimiz ramzi. U yana bir karra bizni Vatanimizdan gʻururlanishga, uni sevishga, mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga chorladi.

Davlatimiz madhiyasi Abdulla Oripov so‘zi, Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan va 1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan.