10-15—may kunlari "20-may – Butunjahon metrologiya kuni” munosabati bilan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan ilk marotaba “Eng yaxshi yosh metrolog” milliy tanlovi bo'lib o'tdi.
Ushbu tanlovda Toshkent kimyo-texnologiya instituti iqtidorli talabasi Sayitjonov Sayitjon ishtirok etib amaliy metrologiya yo‘nalishidagi eng yaxshi yosh metrolog nominatsiyasida 2-o'rinni qo'lga kiritdi.
Ushbu tadbirda Agentlik rahbariyati, milliy va xalqaro metrologiya tashkilotlari vakillari, olimlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etishdi.