“Kimyogar ayollar – 2023” ilmiy forumi «Women in STEM»* Festivalning tadbirlaridan biri bo‘lib, uning maqsadi olima ayollarning respublika va xorijiy mamlakatlarda erishgan salmoqli natijalarini ommalashtirish, bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat hamda yosh xotin qizlarni fan va ta’limga faol jalb etish, 0+yoshdan boshlab kimyo sanoati va mashinasozlikka bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish, “Ustoz-shogird” tizimini yanada takomillashtirish, ayollar va yosh qizlarning salohiyatini ilmiy – innovasion faoliyatga keng jalb etish, xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning ko‘lamini kengaytirish, ularning madaniy-ma’rifiy, siyosiy va iqtisodiy faoliyatdagi nufuzini yanada oshirish.
“Women in STEM” festivali doirasida “Kimyogar ayollar” ilmiy forumi va yosh olima ayollar ishtirokida “Muhandis ayollar 0+” davra suhbatlari, Osiyo, Afrika va Markaziy va Janubiy Amerika, Yevropa, Shimoliy Amerika mamlakatlarining yetakchi ekspertlari va olimlarining mahorat darslari, shuningdek, kimyo va texnika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning badiiy-musiqiy chiqishlari, institut iqtidorli talabalarining erishgan yutuqlari haqidagi hikoyalari hamda maktab va texnikum o‘quvchilarining savollariga javoblar olish singari tadbirlar tashkil etiladi. Festivalda odatda an’anaviy tarzda erkaklar kasbi hisoblangan kasblarni egallab, katta muvaffaqiyatlarga erishgan ayollar so‘zga chiqadilar va yig‘ilganlar bilan STEM ta’limning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar.
“Women in STEM” festivali BMT tomonidan 2015 yilda e’lon qilingan “11-fevral- Fanda ayollar va qizlar xalqaro kuni”ni nishonlash doirasida tashkil etilgan. Tadbir IUPAC xalqaro tadbirlar ro‘yxatiga kiritilgan: https://iupac.org/gwb/2023/women-engineers-0/
2013-yil 20-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Taraqqiyot uchun fan, texnologiya va innovasiyalar” rezolyusiyasida “barcha yoshdagi ayollar va qizlarning fan, texnologiya va innovasiyalardan teng va to‘liq foydalanishi gender tenglik kafolatidir” deyilgan. 2009 – yil 22-dekabrda BMT Bosh Assambleyasining yalpi majlisida 11-fevralni “Xalqaro fandagi ayollar va qizlar kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risida rezolyusiya qabul qilindi. Shunday qilib, bu kun BMTning xalqaro kunlardan biriga aylandi.
“Women in STEM” festivali (2023 yilgi muhandis ayollar ilmiy haftaligi) tadbirlari BMT tomonidan qabul qilingan 2030 yilgacha bo‘lgan davr uchun barqaror rivojlanishning 17 ta maqsadlaridan biri hisoblangan “Barcha ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va gender tengligini ta’minlash”ga (Goal 5: Gender Equality), yordam beradi.
2015-yildagi BMT Sammitida dunyo yetakchilari tomonidan qabul qilingan “Women in STEM” festivali (2023 yilgi muhandis ayollar ilmiy haftaligi) tadbirlari BMT tomonidan qabul qilingan 2030 yilgacha bo‘lgan davr uchun barqaror rivojlanish va uning 17 ta maqsadlari Global kun tartibi o‘ziga hos bo‘lgan “yo‘l xaritasi”dan iborat, ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va gender tengligini ta’minlash ushbu 17 ta maqsadning har birining ajralmas qismi hisoblanadi. Faqatgina ayollar va qizlarning huquqlarini barcha maqsadlar bo‘yicha ta’minlash yo‘li bilan adolat va integrasiyaga, shuningdek barcha uchun hizmat qiladigan va atrof muhitni asraydigan iqtisodni yaratishga erishish mumkin.