Unda Toshkent kimyo-texnologiya institutining O'quv ishlari bo'yicha prorektori, T.T.Safarov, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Z.A. Babaxanova, Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti dekani U.K. Abdullayev, fakultet kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar yetakchi korxonalar rahbarlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Ilmiy-texnikaviy anjumanni O'quv ishlari bo'yicha prorektor T.T.Safarov kirish so'zi bilan ochib berdi. Shundan so'ng ma'ruzachilar 4ta yo'nalishlarda o'zlarining taqdimotlari bilan chiqish qildilar. Jumladan "Hozirgi zamon vinoshunosligining muammolari va ularning innovatsion yechimlari", "O'zbekiston sanoat uzumchiligining rivojlanish istiqbollari", "Bijg'ilash mahsulotlari va qandli moddalar ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirishning asosiy mayollari", "Oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarish sanoatining zamonaviy mikrobiologiyasi va biotexnologiyalari" ilmiy yo'nalishlarida ma'ruzalar tinglandi.
Shuningdek ilmiy-texnikaviy anjuman doirasida Tadbirko va talaba-yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda institut Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i A.Mirkomilov, Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi kafedra mudiri M.Djandullayeva, kafedra professor-o‘qituvchilari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Shuningdek, uchrashuvga СП ООО “ASIA AGRO CHEMIGAL GROUP” To‘ychiev Rashid - kommerchekiy direktor, yetakchi mutaxasis Abdujabborov Yuldashboy, Inagamov Iskandar Taxirovich tadbirkor va Xojimatiy Toxir Tura ugli tashrif buyurdilar.
Hozirgi kunda Prezidentimiz tashabbusi bilan yosh tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar hamda imtiyozlar haqida ma'lumot berilar ekan, talabalar ham o'zlarining qiziqtirgan savollarini berib, tashrif buyuruvchilardan yetarlicha javob oldilar. Tadbir so‘ngida institut korxona rahbariyati bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha kelishib olindi.