Ijtimoiy tarmoqlar

18-20may kunlari 25-Xalqaro “O‘zbekiston neft va gaz” ko‘rgazmasi hamda “3-Xalqaro Energetika forumi”bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 18-20-may kunlari 25-Xalqaro “O‘zbekiston neft va gaz” ko‘rgazmasi hamda “3-Xalqaro Energetika forumi” doirasida tashkil etilgan “Yosh olimlar ilmiy faoliyat hududi”, “Yosh olimlar seminari” hamda “Keys chempionati” intellektual jamoaviy o‘yinida Toshkent kimyo-texnologiya instituti talaba-yoshlari ham ishtirok etishdi.

.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti nomidan “Keys chempionati” intellektual jamoaviy o‘yinida "Neftni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi va Gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi" kafedralari iqtidorli talaba yoshlaridan tashkil topgan “Young technologists” va “Brain storm” jamoalari ishtirok etishdi.

Shuningdek, “Yosh olimlar ilmiy faoliyat hududi” va “Yosh olimlar seminari” dasturlari doirasida Neftni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi magistrant yosh olimlari Yulduz Yuldasheva “Prospects for obtaining alternative fuels from biogas” mavzusi bilan va Tursinay Kongratbaeva “Mayda dispersli grafit va uning modifikatsiyalarini surkov moylariga antifriksion qo‘shimcha sifatida o‘rganish” mavzulari bilan faol ishtirok etishdi va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.