Ijtimoiy tarmoqlar

16-sentabr — Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni

16-sentabr — Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni

Har yili 16-sentabr butun dunyoda Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana 1985-yilda qabul qilingan Vena konvensiyasi va 1987-yil 16-sentabrda imzolangan Monreal protokoli asosida joriy etilgan boʻlib, u insoniyat uchun eng muhim ekologik sanalardan biridir.

Shu munosabat bilan Toshkent kimyo-texnologiya institutida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Shayxontohur tuman partiya tashkiloti tashabbusi, Oʻzbekiston Ekologik harakati hamkorligida “Ilm-fandan global harakatlargacha” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori B.N.Boborajabov, Sanoat ekologiyasi kafedrasi mudiri F.Igitov, kafedra professori X.Po'latov, O'zbekiston Ekologik partiyasi Mahalliy Kengash deputatlari S.Rasulev, K.Xursanov, O'zbekiston Ekologik harakati raisi o'rinbosari S.Sanginov, AQShning Cambridge universiteti doktori T.Yunusov hamda talabalar faol ishtirok etdilar.

Ma’ruzachilar tomonidan ozon qatlamining insoniyat hayotidagi o‘rni, uni yemiruvchi moddalar — xlor ftor uglerod tutgan birikmalarning atrof-muhitga salbiy ta’siri, “ozon teshiklari” muammosi hamda uni bartaraf etish yoʻllari xususida atroflicha fikrlar bildirildi. Shuningdek, global ekologik muammolarga qarshi kurashishda yoshlarning mas’uliyati va ularning faol ishtiroki muhimligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga ozon qatlamini muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va barqaror kelajak uchun ilmiy hamda amaliy choralarni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.