Ijtimoiy tarmoqlar

2023-yilning 25-avgust kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti delegatsiyasi Grodno shahrida joylashgan ilmiy va ishlab chiqarish texnoparklari va Xamkorlar ilmiy o`yuv laboratoriyalari bilan tanishildi.

Belorussiya davlat texnologiya universitetida o'qishini davom ettirishga kelgan Talabalar yashash sharoitlari bilan tanishildi, Yog'ochsozlik va yog'ochni qayta ishlash kafedrasi mudiri Igor Konstantinovich Bojelko hamroxligida talabalarga universitet o'quv binolari tanishtirildi.

2023-yil 25-avgust kuni kuning ikkinchi yarmida Polosk davlat universiteti rektori Yuriy Yatsentovich Romanovskiy va Brest davlat universiteti rektori Yuriy Petrovich Golubev bilan uchrashuv o'tkazildi, uchrashuvda Neft va gaz yo'nalishida qo'shma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash soxasidagi amalga oshiriladigan ishlar hamda ilmiy tadqiqot yo'nalishida qo'shma loyixalar tayyorlash bo'yicha kelishuvlar amalga oshirildi.