Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 6-martdagi 44-son buyrug‘iga asosan professional ta'lim muassasalariga ilmiy va metodik jihatdan yordam berish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida, 2024-yil 11-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasiga Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 2-son kasb-hunar maktabining о‘qituvchi va о‘quvchilari tashrif buyurishdi.
Toshkent kimyo-texnologiya institutining o’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. T.T.Safarov hamda Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti, "Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasi professor-o'qituvchilari D.X.Maxmudova, A.I.Miralimova, Z.A.Karimova va 26-20 gurux talabalari S.Xojiakbarova, S.Tojimurodova ishtirokida Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 2-son kasb-hunar maktabining о‘qituvchi va о‘quvchilariga master klass mashg'ulot o'tkazishdi.