Uchrashuvga Toshkent kimyo-texnologiya institutining Хalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Babaxanova Zebo Abdullaevna, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Pulatov Xayrulla Lutpullayevich va institutning professor-o'qituvchilari qatnashishdi.
Kamerino Universtiteti tomonidan Хalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Emanuele Tondi va xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi Marta Aureli va Oliy ta'lim menejeri Annalisa Albanesi ishtirok etdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadlari:
1. Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Kamerino universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni muhokama etish.
2. Talabalar va hodimlarning o‘zaro almashuv dasturlarini muhokama qilish.
3. Toshkent kimyo-texnologiya institutining ilmiy-o‘quv laboratoriyalari va texnoparki bilan tanishish.
Ushbu uchrashuv Italiya universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga imkon beradi. Bu ikki oliygoh o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, yangi loyihalar yaratish uchun yangi yo‘nalishlarni ochib beradi.