Tadbirda bir qancha davlat elchilari , Universitet rektori Murat Yulek, Ostim uyushgan sanoat zonasi Prezidenti Orhan Aydin va xalqaro jurnalistlar qatnashdi.
Tadbir davomida 180 dan ortiq millat talabalari, shu jumladan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Qo'shma ta'lim dasturlari 2- kurs magistr talabalari ham tadbirda qatnashdi va boshqa millat talabalari singari o'zlarining milliy taomlari, madaniyati, milliy liboslari va raqslari bilan tomoshabinlarda qiziqish uyg'otishdi.
Ma'lumot uchun Turkiyaning Ostim texnika unversitetida Qo'shma ta'lim dasturlari bo'yicha 2 nafar magistrlarimiz o'qib kelmoqda.