Tashrif davomida institut tasarrufidagi Sabzavot va o'simliklar hujayra texnologiyasi laboratoriyasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar ya'ni in vitro shaklida o'stirilayotgan kartoshka va boshqa o'simliklarni yangi virusga chidamli navlarini yaratish asosida hujayralari yordamida o'stirish ishlari bilan va laboratoriyada mavjud zamonaviy priborlar bilan tanishib olindi.
Kunning ikkinchi yarmida esa Molekulyar genetika laboratoriyasi, Dorivor va texnik o‘simliklar biologiyasi laboratoriyalari faoliyati bilan bevosita yaqindan tanishdilar. Shundan so'ng talabalar institutning Vivari bo‘limi faoliyati bilan tanishish asosida amaliyotni davom ettirdilar. Ushbu yerda barcha farmakologik tadqiqolar uchun zarur bo‘lgan hayvonlar saqlanadi. In vitro usulida olib boriladigan tajriba hayvonlarni parvarishlash, oziqlantirish, tajribalarga tayyorlash haqida ma’lumotlar oldilar.
2024-yilning 13-14-iyun kunlari M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti Biotexnologiya yo‘nalishi talabalari akademik almashinuv amaliyoti jarayonida belgilangan reja asosida Biotexnologiya kafedrasi ma’sul professor o‘qituvchilari A.Otajonov hama X.Isaboyevlar ishtirokida O‘zR FA huziridagi Mikrobiologiya institutiga hamda O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutlariga tashrif buyurdi.
Amaliyot davomida ilmiy tekshirish institutlaridagi barcha zamonaviy laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdi. Mazkur laboratoriyalarda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar tomonidan tegishlicha ma’lumot berildi.
Tashrif yakunida barcha xorijiy talabalar va amaliyotga ma’sul bo‘lib kelgan professor o‘qituvchlari tomonidan juda mazmunli rejalashtirilgan amaliy ishlar uchun institut rahbariyati va ma’sul biotexnologiya kafedrasi professor o‘qituvchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirildi.
Tashrif 14-iyun kuni yakunlanib, ma’sul xodimlar tomonidan xorijiy mehmonlar kuzatib qo‘yildi.