O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda “Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar ko‘rgazmasi” tashkil etildi.
Butun jahon standartlar kuni munosabati bilan Standartlashtirish ilmiy-texnik komissiyasining 68-yig‘ilishi, Davlatlararo texnik qo‘mitalar ishchi guruhining 14-yig‘ilishi hamda ilmiy amaliy konferensiya doirasida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmada Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi", "Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi", "Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi" kafedralaridan jami 6 ta tijoratlashtirilga tayyor ilmiy ishlanmalar bilan ishtirok etildi.
Ko‘rgazma 300 dan ortiq sinov laboratoriyalari va sanoat tarmoqlari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda sinov uskunalarini oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirish va milliy etalonlarni yaratishda ajoyib imkoniyatdir.