Ushbu uchrashuvda o‘quvchilarning kasb-hunar haqidagi tasavvurini kengaytirish va qiziqishini aniqlash maqsadida o‘quvchilar bilan targ‘ibot ishlarini olib bordilar. Shuningdek, institut tarixi, olib borilayotgan islohotlar, mavjud yo‘nalishlar, kafedralar haqida to‘liq ma’lumot berdi.
Toshkent kimyo texnologiya instituti haqidagi video-rolik maktab o'quvchilariga namoyish etildi. Uchrashuv so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar va kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.