Unda institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda kengash a'zolari ishtirok etishdi.
Yig'ilish avvalida Kengashining yangi tarkibi tasdiqlanib, 2024/2025-o'quv yiliga mo'ljallangan ish rejasi loyihasi ko'rib chiqildi. Shundan so'ng Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha prorektor Qodirov Bobiromon Bekmurodovich Toshkent kimyo-texnologiya institutida budjet va budjetdan tashqari mablag'lrning maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazorat hamda monitoring o'rnatilishiga oid chora-tadbirlari to'g'risida hisoboti tinglandi.
Yig'ilish davomida institut huzurida "Spin-off" korxonalarini tashkil etish bilan bog'liq chora-tadbirlar to'g'risida Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori Shernayev Anvar Normamatovichning, Professor-o'qituvchilarning vakant lavozimlariga tanlovlar e'lon qilish haqida Inson resurlari bo'limi boshlig'i Ra'no Mirsamikovaning, Toshkent kimyo-texnologiya institutini dastlabki bosqichda institutsional akkreditatsiyadan o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish haqida Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Babaxanova Zebo Abdullayevnaning hisobot va ma'ruzalari tinglandi