Yig'ilishda 2024-yilning 19-dekabridan 2025-yilning 10-yanvariga qadar institutning bosh binosida hamda Talabalar turar joyida talabalarining hududlarga ketishi va taʼtildan qaytib kelishini muvofiqlashtirish boʻyicha doimiy ishlovchi Shtab tashkil etilishi belgilandi.
Shtab quyidagi vazifalarni bajarishi belgilandi:
-chegirmali chiptalar, tashkil etilayotgan avtobuslar haqidagi tezkor axborotlar talabalarga muntazam yetkazib borish;
-talabalarning oʻz uylariga, ota-onasi bagʻriga xavfsiz va sogʻ-salomat yetib borganini qatʼiy nazoratga olish;
-talabalarning qaysi transport vositasida (samolyotda, poyezdda, avtobusda yoki shaxsiy avtomashinalarda) yashash joyiga joʻnab ketishiga aniqlik kiritib borish;
-talabalarining hududlarga ketish grafiklarini tuzib, temiryoʻl va aviachiptalarini imtiyozli olgan talabalar roʻyxatiga muvofiq qolgan talabalarning qanday transportda joʻnab ketishini muvofiqlashtirish;
-ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga oʻz hududlariga yetib olishlari uchun zarur choralarni ko'rish;
-25 dekabr sanasiga qadar talabalarni xavfsiz o‘z yashash manzillariga yetib borishlarini ta'minlash;
-2025 yilning 5-7-yanvar kunlari har bir talaba bilan individual muloqot oʻrnatib, uylaridan qaytib kelishi va joylashishi alohida nazoratga olish;
-taʼtil davrigacha barcha fakultetlar va Talabalar turar joyi Yangi yil ruhga mos ravishda bezatib, archa oʻrnatib, talabalar ishtirokida darsdan boʻsh vaqtlarda konsert va bayram tadbirlarini tashkil etish.
-Shu blian bir qatorda mas'ullar hududlarda talabalar turar joylarida sodir bo‘layotgan voqealardan kerakli xulosalar chiqarishi hamda profilaktik tadbirlarni amalga oshirishi belgilandi.
-Talabalar Talabalar turar joyi qavatlari, yuvinish xonalari, foyelarida xavfsizlik choralariga amal qilgan holda harakatlanishlari, oynalardan boshini chiqazib yoki deraza tokchasida o‘tirgan holda telefon aloqasi orqali suhbatlashmasligi, sovuq ob-havo sharoitida xona xaroratini tushib ketishini oldini olish maqsadida oynalarni ochmasliklari ta'kidlandi.