Unda Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor Safarov Toyir Tursunovich, Korxona va sanoat tarmoqlari departamenti boshlig'i Shernayev Anvar Normamatovich Registrator ofisi direktori Kadirov Ulug'bek Ravshanovich va o’quv-uslubiy kengash a'zolari ishtirok etishdi.
Yig'ilishda turli masalalar muhokama etilib, mas'ullarning hisobot ma'ruzalari tinglandi. Shuningdek yig'ilish avvalida Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi Dotsenti P.Ilhomjonovga Maxpirat nomidagi O'rta Osiyo xalqlari tarixi instituti Turon fanlar akademiyasi prezidiumining qarori bilan Akademik ilmiy unvoni berildi.