Ijtimoiy tarmoqlar

2024-yilning 3-oktabr sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida Institut kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida, soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda kengash a'zolari ishtirok etishdi.

Yig'ilishda kun tartibidagi masalalar ko'rib chiqildi. Dastavval Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovichning "Talabalarni ijara xonadonlari hamda Talabalar turar joyi bilan ta’minlash holatlari haqida" hisoboti tinglandi. Shundan so'ng dotsent va professor ilmiy unvonini olish uchun davogar bo'lgan bir guruh professor-o'qituvchilarning hujjatlarini oliy attestatsiya komissiyasiga topshirish masalasi muhokama etilib ovozga qo'yildi.

Yig'ilish davomida Хalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Babaxanova Zebo Abdullaevnaning "Institut ish faoliyati bo‘yicha xalqaro akkreditatsiyaga hujjatlarni tayyorlash" haqidagi, institut qoshidagi Akademik litsey direktori Z.Sh.Xolmirzayevning akademik litseyida 2023-2024-o‘quv yili yakunlari va 2024-2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati" haqidagi hisobotlari tinglandi. Bundan tashqari kun tartibidagi turli masalalar muhokama etildi.