Dastavval institutimiz rektori B.Sh.Usmonov boshchiligida Korxonalar va taʼlim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.N. Shernayev hamda Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi marketolog-muhandisi Ruslan Imanzade Baku Oliy neft maktabiga tashrif buyurishdi. Baku Oliy neft maktabi bilan hamkorlik doirasida qo'shma ta'lim dasturlari, talabalar almashinuvi va o'qituvchilar stajirovkasi bo'yicha memorandum imzolandi.
Shundan so'ng Ozarbayjon Respublikasining Baku shahridagi Zerva litseyiga tashrif buyurishdi. Litseyda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Akademik litseyi o'rtasida hamkorlik doirasida kelishuvlar amalga oshirildi. Litsey bitiruvchilarni Toshkent kimyo-texnologiya institutida o'qishga taklif qilindi.