Uchrashuvda Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Z.Babaxanova, “Biotexnologiya” kafedrasi mudiri A.Normatov va professor-o’qituvchilar, FABA ijrochi prezidenti, professor Reddanna FABA Bosh kotibi doktor Ratnakar, Dr. Anand Kumar Tripathi va boshqalar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida FABA tashkiloti faoliyati haqida ma’lumotlar berildi va hamkorlikda biotexnologiya, o’simliklar va kimyo farmasevtikasi yo’nalishlarida xalqaro ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, FABA tashkiloti bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish hamda professor-o’qituvchilarning malaka oshirish kurslarini tashkil etish masalalari ko’rib chiqildi.
Uchrashuv so’ngida FABA tashkilotiga Toshkent kimyo-texnologiya instituti a’zo bo’lishga taklif etildi.