Ijtimoiy tarmoqlar

2024-yilning 8-15 dekabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B. Usmonov boshchiligidagi delegatsiya “O‘zbekistonning bebaho merosi” deb nomlangan tadbirlarni tashkil qilish maqsadida Avstriya va Slovakiya Respublikalariga tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibida institut xodimlari, talabalar, hunarmandlar va madaniyat vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 20/1-867-sonli topshirig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2025 yilda YuNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi (PQ-128-son, 15.03.2024 y.) qarori ijrosini ta’minlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini keng targ'ib qilish maqsadida Slovakiya Respublikasining Bratislava iqtisodiyot va menejment universiteti, Avstriyaning Vena universiteti hamda Webster universitetining Venadagi filialida "O'zbekistonning bebaho merosi" deb nomlangan tadbirlarni tashkil qilindi, tadbirda milliy hunarmandchilik, milliy liboslar va raqslar namoyish etildi.

 Tashrif davomida Vena shahridagi Vebsterster universiteti filiali, Vena universiteti hamda Bratislava iqtisodiyot va menejment universitetlari bilan hamkorlikda mamlakatimizning boy madaniy merosi, iqtisodiy, sayyohlik va gastronomik salohiyatini targʻib qiluvchi taqdimotlar tashkil qilindi. Ularda 2025-yil soʻnggi 40 yil ichida ilk bor YUNESKO qarorgohidan tashqarida tashkilot Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqand shahrida oʻtkazilishi masalasiga alohida urgʻu berildi. 

Tadbir doirasida milliy hunarmandchilik namunalari, milliy liboslar koʻrgazmasi, YUNESKOga kiritilgan milliy raqslar va kuylar institut talabalari tomonidan namoyish etildi, tadbir qatnashchilariga osh tarqatildi.

Mazkur tadbirlarda jami 200 ga yaqin diplomatik korpus, siyosiy, biznes, ilmiy-maʼrifiy doira vakillari hamda oliygohlarda tahsil olayotgan, shu jumladan oʻzbekistonlik talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirlarning ikkinchi qismi Venadagi Vebster universitetida tashkil etildi.

Tadbirda Webster universiteti direktori Samuel Shubert O‘zbekistonga bo‘lgan cheksiz hurmatini bildirib, bu kabi tadbirlar xalqlarni birlashtirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Shubert janoblari o‘zbekistonlik talabalarni yuqori bilim darajasi va dunyoqarashiga yuqori baho berib, bu yurtimizdagi ta’lim islohotlarining amaliy natijasi ekanini qayd etdi.

Shuningdek, taqdimotda ishtirok etish uchun Vebster universitetining bosh direktori Rayan Gaffeyning Shveysariyadan Venaga maxsus uchib kelishi Oʻzbekiston bilan taʼlim sohasidagi hamkorlik yuqori drajada ekanligini namoyon qildi

Tadbirda Milliy liboslar va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Hamkorlik va o‘zaro aloqalar rivojlanishiga qaratilgan ushbu tadbirlar mamlakatimiz imijini xalqaro miqyosda mustahkamlashga xizmat qiladi.

Vena universitetida boʻlib oʻtgan taqdimotda ushbu universitet professori Tugʻrul Kurt soʻzga chiqib, Oʻzbekiston xalqining islom sivilizatsiyasiga qoʻshgan katta hissasini nafaqat kitoblardan oʻqib, balki Samarqandga tashrifi chogʻida oʻz koʻzi bilan koʻrishga muyassar boʻlganligini mamnuniyat bilan eʼtirof etdi. U mamlakatimizning boy tarixini xorijiy yosh olimlar tomonidan oʻrganilishi uchun maxsus oʻquv kurslar tashkil qilinishi lozimligini taʼkidlab, bu yoʻnalishda hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini va kelgusi yil Oʻzbekistonga yana tashrif buyurishni rejalashtirayotganligini bildirdi.

Taqdimot doirasida delegatsiya rahbari B. Usmonovning Institut rahbari oʻrinbosari Ednan Aslan bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida 2025-yil yanvar oyida kimyo sohasida mutaxassislarni tayyorlash mavzusi boʻyicha avstriyalik professorlar bilan onlayn-uchrashuv tashkil qilish hamda Vena universiteti talabalarining bir guruhini 2025-yil aprel oyida Oʻzbekistonga tashrifini amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, tashrif doirasida delegatsiya rahbari B.Usmonov Oʻzbekistonning Avstriya va Slovakiyadagi faxriy konsullari B.Kandov va L.Chernak hamda Vena universiteti fizik kimyo departamenti rahbari oʻrinbosari P.Libersaytlar bilan ikki tomonlama uchrashvuvlar oʻtkazib, oʻzbek talabalari va aspirantlarini malakalarini oshirish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.