2025-yil 27-avgust kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Institut Kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig’ilishi bo’lib o’tdi
Unda institut rektori-Kengash raisi Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida soha prorektorlari, fakultet dekanlari, professor-o'qituvchilar hamda kengash a’zolari ishtirok etishdi.
Yig’ilish avvalida Gappar Raxmanberdiyev "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator" faxriy unvon bilan taqdirlangani munosabati bilan institut jamoasi tomonidan e’tirof etildi. Shuningdek yangi tayinlangan rahbar xodimlar institut jamoasiga tanishtirildi.
Yig'ilishda kun tartibidagi masalalar bo'yicha ma'ruzachilar o'z hisobotlarini o'qib eshittirdilar.
Jumladan Institutning Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor T. Safarov, hamda Registrator ofis direktori U.Qodirovlarning 2024–2025 o‘quv yili yakunlari hamda 2025–2026 o‘quv yili rivojlantirish istiqbollari. 2025–2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik, institut ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining uslubiy ta’minoti tahlili hamda ustuvor vazifalar haqida, hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor B.Boborajabovning institutda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yillik strategiyasini va ish rejasini ishlab chiqish hamda amalga oshirish masalalari taqdimot hisobotlarining muhokamasi haqidagi ma'ruzasi tinglandi.
Shungidek yig’ilish davomida turli masalalar muhokama qilindi.