Ijtimoiy tarmoqlar

2025-yil 1-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Institut Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi

 Unda institut rektori-Kengash raisi Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda kengash a’zolari ishtirok etishdi.

Yig'ilish avvalida "Biznesni boshqarishda ERP" kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagani hamda Logix ERP" Savdo va omborni boshqarish" boshqaruv tizimiga ko'ra mutaxassis darajasini olgan bir guruh talabalar sertifikat bilan taqdirlandilar. Shuningdek Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2024-yil 25-30-noyabr kunlari talabalar o`rtasida o`tkazilgan “Bu mening yashil sayyoram” mavzusida eko-diktantlar tanlovida faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan talabalar ham tantanali ravishda taqdirlandilar.

Yig'ilish davomida kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, mas'ullarning hisobotlari tinglandi. Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha prorektor B.Qodirovning Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2024-yilda moliyaviy-iqtisodiy va tashkiliy yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yildagi ustuvor vazifalar to‘g‘risidagi hisoboti, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor X.Pulatovning 2025-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul natijalari va doktorantura faoliyati samaradorligi to‘g‘risidagi hisoboti, Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti dekani Sh.Jalilovning Sanoat muhandisligi va menejmenti fakultetida ta’limni nazariy va amaliy jarayonlari uyg‘unligi asosida raqobatbardoshli kadrlar tayyorlash faoliyati tahlili to‘g‘risidagi ma'ruzalari tinglanib muhokama etildi.