Unda Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor Safarov Toyir Tursunovich, Xalqarolashtirish va transformatsiya departamenti boshlig'i Babaxanova Zebo Abdullayevna, Korxona va sanoat tarmoqlari departamenti boshlig'i Shernayev Anvar Normamatovich va o’quv-uslubiy kengash a'zolari ishtirok etishdi.
Yig'ilishda Akademik faoliyatni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Xudoyberdiyev Fazliddin Isroilovich "Institut rektorining 2025-yil 31-yanvardagi “Toshkent kimyo-texnologiya instituti kafedralari faoliyatini kompleks o'rganish to'g'risida” gi 3-sonli farmoyishi asosida o‘tkazilgan tekshiruv natijalari to‘g‘risida"gi hisoboti, Fakultet dekanlarining "2024/2025 oʻquv yilida talabalar qabuli natijasi va 2025/2026 oʻquv yili uchun qabul parametrlariga takliflar hamda 2024/2025 o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari muhandislik ta’lim yo‘nalishlarining bitiruvchi kurs talabalari soni va haq to‘lanadigan amaliyot uchun ajratilgan kvotalar to‘g‘risidagi MAʼLUMOT"i, Xalqaro reyting, akkreditatsiya va transformatsiya bo‘limi boshlig‘i Sh.Sh. Sheraliyevning ACQUIN akkreditatsiya talablari va amalga oshirish bo'yicha qo'llanma haqida ma’lumot hamda turli masalalar muhokama etildi.