2025-yilning 26-avgust sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida O‘quv-uslubiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor, O‘quv-uslubiy Kengash raisi prof. Safarov Toyir Tursunovich boshchiligida kengash a’zolari ishtirok etdilar.
Kengash kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
2025-2026-o‘quv yiliga institut kafedralarining tayyorgarligi: o‘quv-me’yoriy hujjatlar, o‘quv yuklamalari, shtat birliklarini shakllantirish, fan dasturlari va boshqa zaruriy jarayonlar.
Yangi o‘quv yiliga o‘quv-uslubiy va boshqa adabiyotlarni nashr etish rejasini ko‘rib chiqish.
2025-2026-o‘quv yili uchun O‘quv-uslubiy Kengash ish rejasi va tarkibini tasdiqlash.
OTMlarda foydalanilayotgan asosiy o‘quv adabiyotlarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualarni yaratish hamda yaratilgan majmualarni ARMga taqdim etish.
Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim sifatini yanada oshirish va o‘quv-uslubiy adabiyotlar bazasini boyitish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi.