Ijtimoiy tarmoqlar

21-MART NAVROʻZ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI REKTORI TABRIGI

21-MART NAVROʻZ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI REKTORI TABRIGI

Navro'z - zaminu borliqning uyg'onishini tarannum etadi, yurtga qut-baraka olib keladi. Ezgulikka chorlovchi yangilanish ayyomi ko'ngillarni yashartiradi. Navro'z i olam xonadonlarga shodlik va xurramlik baxshida etadi. Yangi O'zbekistonga ilmli, Ma'rifatparvar insonlar kerak. Ilmga tashna xalqimizning har kuni yangi bilim olish, yangi tajriba orttirish, yangi ko'nikmalarni egallash bilan o'tsin.

Sizni, yasharish va yangilanish bayrami 21-mart Navro'zi-olam munosabati bilan chin yurakdan samimiy muborakbod etaman! Mamlakat istiqboli, xalq farovonligi va ravnaqi yo'lidagi mehnatingizda cheksiz muvaffaqiyat, ulkan zafarlar hamroh bo'lsin. Bayrami-Navro'z sizga, oila a'zolaringizga, jamoadoshlaringizga mustahkam sog'liq, ko'tarinki kayfiyat yo'ldosh bo'lsin.

Uch ming yillik tarixga ega Navro'z ayyomida tinchlik-osoyishtalik, yurt ravnaqi yo'lidagi barcha ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman.

Hurmat bilan, Botir Usmonov