Joriy yilning 28-oktabr sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida talabalar o'rtasida Start-up loyihalar tanlovi bo'lib o'tdi. Tanlovni institutimiz rektori B.Sh.Usmonov raisligidagi tanlov komissiyasi baholab bordi. Tanlovga 18ta loyiha kelib tushgan bo'lib, bugun ushbu loyihalarning himoya-taqdimotlari bo'lib o'tdi.
Start-up loyihalar tanlovi natijalarini tez fursatlarda komissiya tomonidan baholar umumlashtirilganidan so'ng e'lon qilinadi.