Ijtimoiy tarmoqlar

21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Neft va gaz texnologiyalari fakultetida “Davlat tili – milliy ma’naviyatimiz timsoli” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Neft va gaz texnologiyalari fakultetida “Davlat tili – milliy ma’naviyatimiz timsoli” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Tadbirni dekan o'rinbosari N.Sh. Zulyarova ochib berdi va o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va sadoqatni har bir fuqaro qalbida mustahkamlash, uni yanada rivojlantirish va ardoqlash har birimizning burchimiz ekanini ta’kidladi.

Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlar qalbida ona tiliga muhabbat va hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash, tilimizning boy imkoniyatlari va betakror jozibasini chuqur anglash, shuningdek, talabalarning bilim darajasi, fikrlash doirasi hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

O‘yin davomida jamoalar o‘z bilim va zakovatlarini sinovdan o‘tkazib, o‘zbek tili, adabiyot, tarix hamda milliy qadriyatlarimizga oid savollarga javob berishdi. Bahsli va qizg‘in kechgan bellashuvda ishtirokchilar o‘zining topqirligi, zukkoligi va jamoaviy ruhini namoyon etdilar.

Natijalarga ko‘ra:

1-o‘rinni — “Intellekt” jamoasi,

2-o‘rinni — “Zakovatchilar” jamoasi,

3-o‘rinni — “Yuksalish” jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.