Ijtimoiy tarmoqlar

2025-yil 22–23-may kunlari Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida hududlararo konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

 2025-yil 22–23-may kunlari Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida hududlararo konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. 

Ushbu nufuzli anjumanda Toshkent kimyo-texnologiya institutidan ilmiy va innovatsion ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b A.Shernayev, "Asosiy organik sintez" kafedrasi mudiri A.Ziyadullayev hamda ushbu kafedra professori D.Xandamovlar ishtirok etmoqdalar.

Tadbir doirasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish, shuningdek, “Oliy muhandislik maktabi”ni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishlarda xorijiy mutaxassislar ishtirokida taqdimotlar, davra suhbatlari hamda savol-javob shaklidagi ochiq muloqotlar tashkil etilgan. Konferensiya ikki mamlakat oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda yangi istiqbollarni ochishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.