“26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” munosabati bilan davra suhbati bo’lib o’tdi.
Talaba yoshlarga sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda milliy qadriyatlarga hurmatini shakllantirish maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakultetida "26 iyun - Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni" munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Unda Kimyoviy injiniring fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari J.T.Siddiqov fakultet tyutorlari hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi. Suhbat davomida talaba yoshlarga "Giyohvandlik" insonning osuda hayotiga rahna soluvchi inson sog'lig'iga zarari uning salbiy ayanchli oqibatlari haqida atroflicha tushuntirib o'tildi.
Shuningdek, suhbat davomida "Giyohvandlik-umr zavoli" nomli videorolik namoyish qilindi.