Unda kengash raisi Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida prorektorlar, institut Yangiyer filiali direktori Z.T.Xakimov institut qoshidagi Akademik litsey direktori Z.Sh.Xolmirzayev bo'lim boshliqlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etishdi.
Yig'ilishda dastavval institut rektori B.Sh.Usmonovning "O'zbekiston—2030" harakatlar strategiyasi bo'yicha ma'ruzasi tinglandi, shundan so'ng ishchi guruh tomonidan o'rganilgan o‘qitishning kredit-modul tizimini qo‘llanishining taxlili bo'yicha hisobotlari tinglandi.
Shuningdek Ozarbayjon Respublikasi Oliy Neft maktabi tomonidan Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonovga faxriy mehmon va faxriy hamkor diplomi berilgan bo'lib, ushbu e'tirofni institutimiz Korxonalar va taʼlim muassasalari bilan ishlash boʻyicha prorektor A.N.Shernayev tantanali ravishda topshirdi.