Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yoqilg'i organik birikmalar kimyoviy texnoliyalari fakultetida 31- oktabr "Milliy qadriyatlar kuni" munosabati bilan "Milliy liboslar" namoyishi bo'lib o'tdi.
Bu kabi namoyishlar talaba yoshlarimizning o'zbek milliy an'ana va qadriyatlarimizga bo'lgan hurmati va milliyligimizga bo'lgan muhabbatning ortishiga xizmat qiladi.
“Menejment va professional taʼlim” fakultetida 31- oktabr "Milliy qadriyatlar kuni" munosabati bilan ”Milliy qoʻshiqlar” tanlovining dastlabki bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlovning dastlabki bosqichi 1-oʻrin egasini aniqlash qiyin boʻldi. Kuchlari teng kelib qolgan ishtirokchilar qoʻshimcha akapella sharti orqali sinovdan oʻtkazildi.
Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinborasi T.Sh.Usmonov hamda fakultet tyutorlari boshchiligida fakultet talabalari o'rtasida milliy sport turi arqon tortish musobaqa o'tkazildi.
Musobaqa qizg'in tus olib, bahs va munozaraga boy bo'lib o'tdi. Qizg'in tarzda bo'lib o'tgan milliy sport o'yinida faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalar va talabalar tashakkurnoma va estalik sovg'alar bilan taqdirlandi
Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti dekan oʻrinbosarlari, Sh.E.Begmatov fakultet tyutorlari va Oziq-ovqat xavfsizligi va funksional mahsulotlar ishlab chiqarish kafedra oʻqituvchilari bilan hamkorlikda 31-oktabr "Milliy qadriyatlar" kuni munosabati bilan milliy taomlar tanlovi tashkil etildi.
Oʻzbek milliy taomlari dunyo taomlari orasida eng shirin, xilma-xil taomlardandir. Oʻzbek milliy taomlaridan juda koʻpchiligi sharqda ham, gʻarbda ham mashhurligini, Oʻzbek millati shirin soʻz va mehmondoʻst ekanligini butun dunyo tan olib kelmoqda. Oʻzbek xalqi dasturxoni doimo noz neʼmatlarga boy boʻladi. Milliy taomlarimiz nafaqat bizni balki boshqa xalq vakillarini ham doim hayron qoldirib kelmoqda.
Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakulteti dekan oʻrinbosari, N.Sh.Zulyarova hamda fakultet tyutorlari bilan hamkorlikda 31-oktabr "Milliy qadriyatlar" kuni munosabati bilan milliy raqslar tanlovi tashkil etildi.
O'sib kelayotgan yosh avlod ongu shuriga ezgulik va nafosat, estetik-ma'naviy kamolotga muhabbat tuyg'ularini singdirishda o'zbek milliy raqs san'atining o'rni hamda ahamiyati beqiyos. Milliy raqslarda xalqimizning eng munavvar qadriyatlari, insoniy fazilatlari, milliy an'analari ifodalanadi.