#XUSHXABAR
#Xalqaro_reyting
Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini e’lon qildi
Ushbu reytingda universitetlarning 18 ta indikator asosida 5 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot muhiti, tadqiqot sifati, sanoat va xalqaro istiqbollar.
Mazkur 48 ta oliy ta’lim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yil ushbu reytingda 108 ta davlatdan 1 904 ta universitet faoliyatini baholash bo‘yicha ma’lumot taqdim etgan bo‘lib, ulardan 769 tasi “reporter”, ya’ni da’vogar universitetlar maqomiga ega bo‘ldi.