Ijtimoiy tarmoqlar

9-may – “Xotira va qadrlash” kuni bayrami munosabati bilan “Faxriylar doim eʼzozda” mavzusida adliya organlarida faoliyat yuritgan faxriylar va talabalar oʻrtasida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Shayxontohur tumani Nuroniy jamgʻarmasi raisi R.T.Abidov, Respublika maʼnaviyat-maʼrifat markazi Shayxontohur tumani boʻlinmasi boshligʻi N.Alibaeva, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov, Yoqilgʻi va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi dekani L.Yusupova YBIB dekan oʻrinbosari j.Siddiqov, mehnat faxriylari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Uchrashuvni kirish soʻzi bilan Shayxontohur tumani Nuroniy jamgʻarmasi raisi R.T.Abidov ochib berdi. Shundan soʻng Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov uch avlod uchrashuvlarining ahamiyati hamda hozirda nafaqaga chiqqan faxriylarning tajribasi, oʻgit va maslahatlari yoshlar uchun ibrat maktabi ekanligini taʼkidladilar.

Yoshi ulugʻ nuroniy otaxon va onaxonlarimiz hayot yoʻli, ularning boy tajribasi – yoshlarga oʻrnak. Shu boisdan ham yurtimiz boʻylab oʻtayotgan samimiy uchrashuv va suhbatlarda mamlakatimiz miqyosida boʻlayotgan tarixiy oʻzgarishlar asosiy mavzu boʻlmoqda. Yoshi ulugʻ nuroniy otaxon va onaxonlarimiz hayot yoʻli, ularning boy tajribasi – yoshlarga oʻrnak. Shu boisdan ham yurtimiz boʻylab oʻtayotgan samimiy uchrashuv va suhbatlarda mamlakatimiz miqyosida boʻlayotgan tarixiy oʻzgarishlar asosiy mavzu boʻlmoqda. 

Tadbir davomida yosh avlodni ulgʻaytirishda yetuk hissa qoʻshgan bir qator mehnat faxriylari, nuroniy otaxon-onaxonlar hamda talaba yoshlar jamgʻarma va institut tomonidan esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Uchrashuvda oʻzlarini qiziqtirgan savollar hamda ijod namunalari bilan ishtirok etgan faol va iqtidorli talabalar faxriylar tomonidan atalgan esdalik sovgʻalarga ega boʻldilar.

Uch avlod uchrashuvi goʻzal kuy qoʻshiqlar bilan davom etdi. Oʻz navbatida bunday uchrashuvlar yosh avlod uchun keng tajriba maydoni vazifasini oʻtabgina qolmasdan, yetuk kadrlar boʻlib yetishishlarida zamin yaratadi.